Sayt test rejimida ishlamoqda...

«O‘ZBEKISTON ZAMINI» ilmiy-amaliy va innovatsion jurnali endi yangi zamonaviy onlayn rejimda

O'zbekiston Zamini   2022-02-02   Lutfulla Rakhmatullaev

Qishloq xo‘jaligi vazirligi «O‘zdavyerloyiha» instituti muassisligidagi chop etilayotgan «O‘ZBEKISTON ZAMINI» ilmiy-amaliy va innovatsion jurnali yangi zamonaviy onlayn rejimda xalqaro talablarga asosan o‘z faoliyatini xorijiy ekspertlar tahririy a’zoligida ish boshladi.

Bu xalqaro Web of science va Scopus ro‘yxatiga kiritilishi bo‘yicha ilk qadam hisoblanadi.

 Mazkur jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan qishloq xo‘jaligi, biologiya, iqtisodiyot, texnika, geografiya va arxitektura fanlari bo‘yicha disertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etiladigan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan va yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha yer munosabatlari bilan bog‘liq mavzulardagi fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion maqolalarni chop etadi.


«O‘ZBEKISTON ZAMINI» ilmiy-amaliy va innovatsion jurnali rasmiy sayti: uzzamin.uz