Sayt test rejimida ishlamoqda...

O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi

Yangiliklar   2026-02-26   Aziza Mingbaeva

Yoshlar kuni munosabati bilan "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutida Bosh direktor maslahatchisi Kuchkor Xojiyev hamda Yoshlar yetakchisi Sardor G'ulomov boshchiligida institut yoshlari ishtirogida yig'ilish bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda 2026-yilda yoshlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Malumot uchun: 2026 yil 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlar siyosati samaradorligini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va zamonaviy kasblarga o‘qitish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.