Yer tuzish sohasining tarixi deyarli ibtidoiy jamiyat davriga borib taqaladi. Ana shu davrlarda ham odamlar yerning qadrini tushunishgan.

O'zbekiston tarixida ilk Yer tuzish texnikumi 1924-yilda Samarqand viloyatida tashkil etilgan bo'lib, 1931-yilda ilk bor Yer tuzuvchi muhandis hamda mutaxassislar mazkur texnikumni tamomlashgan.

Texnikumlardagi ta'lim asosan amaliy mashg'ulotlardan iborat bo'lgan.
1925–29-yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirilgan. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda oʻtkazilgan. Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzilgan.
Ma'lumot o'rnida: XX asrning 20-30 yillarida texnikumlarda o'qish davri 7 yilni tashkil etgan.
Foto manbaa: "O'zdavyerloyiha" DILI Arxivi
