Sayt test rejimida ishlamoqda...

O‘zbekistonda RECSOIL tashabbusi ilgari suriladi

Xalqaro hamkorlik   2024-03-11   Aziza Mingbaeva

Bugun Poytaxtimizdagi “Frankfurt” mehmonxonasida “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini qayta karbonatlashtirish (RECSOIL) tashabbusi”ga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

 Unda, mazkur tashabbusning tuproq unumdorligi yaxshilash va uning noqulay ta’sirlarga chidamliligini oshirish, iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish, tuproq holatini yaxshilashga va natijada fermerlarning daromadlari hamda oziq-ovqat xavfsizligini oshirish masalasi muhokama qilindi.

Aytish kerak, RECSOIL vositalari yer degradatsiyasining neytral muvozanatiga erishishga qanday hissa qo‘shishi, shuningdek, tuproqni barqaror boshqarishga ta’sirini baholash uchun ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi yillarda ushbu loyiha doirasida O‘zbekistonning qurg‘oqchilikka moyil hududlarida qishloq xo‘jaligini resurs tejashning ilg‘or usullaridan foydalangan holda qo‘llab-quvvatlashda samarali natijalarga erishildi.

Bugungi seminarda ham ayni shu masalalar xususida so‘z yuritildi. Jumladan, seminar ishtirokchilarga RECSOIL mexanizmining mohiyati to‘g‘risida ma’lumot berish va vazirliklar, idoralar hamda ilmiy-texnik muassasalar orasidan loyihaning salohiyatli hamkorlarini aniqlash masalasi o‘rtaga tashlandi.

Qolaversa, seminar davomida O‘zbekistonda RECSOILni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Global tuproq hamkorligi (GSP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.