Sayt test rejimida ishlamoqda...

“O‘zdaverloyiha” institutiga eng zamonaviy dronlar keltirildi

Yangiliklar   2025-09-06   Aziza Mingbaeva

Joriy yilning 26-avgust kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdaverloyiha” instituti, SZ DJI Technology kompaniyasi (Xitoy) va uning rasmiy hamkori – “Asia Packs Trading” kompaniyasi o‘rtasida qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish, sohaga ilm-fan, innovatsiya yutuqlarini tatbiq qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi doirasida DJI T50 AGRAS rusumli 2 dona agrodronlar institutga beg‘araz taqdim qilindi. (https://t.me/uzdavyerloyiha/5902)


Eslatib o‘tamiz, ushbu modeldagi dronlar O‘zbekistonga ilk bor keltirildi. DJI T50 AGRAS dronlari klaster va fermer xo‘jaliklari yer maydonlarida katta hajmdagi agrotexnik tadbirlarni bajarib, hosildorlikni sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. 


DJI T50 AGRAS 50 kg yukni ko‘tara olish xususiyatlari, parvoz vaqtlarining maqbullashtirilganligi va boshqa qo‘shimcha qobiliyatlari bilan texnikaning ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlaydi.