Sayt test rejimida ishlamoqda...

“O‘zdavyerloyiha” DILI tomonidan chop etiladigan “O‘zbekiston zamini” ilmiy-amaliy jurnali 10.63027 DOI prefiks raqami bilan ro‘yxatga olinadi

O'zbekiston Zamini   2024-08-22   Aziza Mingbaeva

“O‘zdavyerloyiha” DILI tomonidan chop etiladigan “O‘zbekiston zamini” ilmiy-amaliy jurnali 10.63027 DOI prefiks raqami bilan ro‘yxatga olinadi


Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” DILIning Bosh direktori t.f.d., professor Ruhiddin Amirkulovich Turayev tashabbusi bilan institut 2024-yilning 2-choragidan boshlab dunyodagi eng yirik metama’lumotlar qidiruv tizimi "Crossref" bazasiga a’zo bo‘ldi. Natijada, “O‘zbekiston zamini” jurnalida chop etiladigan barcha ilmiy ishlar dunyoning yetakchi ilmiy-bibliografik kataloglariga joylashtirilishi imkoni yaratildi.


Ma’lumot o‘rnida: DOI (Digital Object Identifier) – global internet tarmog‘ida joylashtirilgan elektron hujjat haqidagi ma’lumotlarni belgilash uchun standartdir. DOI tarkibidagi ma’lumotlar uning joylashgan joyi, ya’ni URL manzili, obyektning nomi, mualliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa identifikatorlarini (masalan, kitobning ISBN raqami), shuningdek berilgan obyekt bilan bog‘liq tavsiflovchi ma’lumotlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.


DOI raqamining mavjudligi havolani yo‘qotish xavfini minimallashtirishga imkon beradi va ilmiy ishning iqtibos indeksi qiymatini oshiradi. DOI dunyoning barcha yetakchi nashriyotlari tomonidan qabul qilingan standart. DOI raqami ilmiy ishga iqtibos keltirish, ilmiy maqolani qidirish va lokalizatsiya jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi. DOIning mavjudligi intellektual mulkni himoya qilinishini ta’minlaydi. Agar DOI raqamiga ega maqola "Scopus", "Web of Science" kabi nufuzli bazalarga kiritilgan jurnallarga havola bersa, ulardan iqtibos keltirsa, u ham ushbu bazalarga kiritiladi va bu maqolaning ahamiyatini sezilarli darajada oshiradi.