#O_zdavyerloyiha_DILI #Markaziy_apparati #Bayram_shukuhi
🌸Ayol – hayot chashmasi, mehr va yaratuvchanlik timsoli. Ayollar qadrlangan jamiyatda rivojlanish bardavom, xonadonlarda esa fayz-baraka jo‘sh uradi.
Bugun "O'zdavyerloyiha" instituti o‘zgacha shukuhga burkangan. Kiraverishda nafis bezaklar, gul va sharlar uyg‘unligi, bahor nafasi ufurib turgan foye – barchasi bayram kayfiyatini taratadi. Bu yerga qadam qo‘ygan har bir inson bahoriy iliqlik va ehtiromni his etadi.
✅Institut xodimlari xotin-qizlarni hurmat va e’zoz ila kutib olmoqda. Bayram shukuhi go‘zal kuy-qo‘shiqlar, ezgu tilaklar va samimiy tabriklar bilan yanada mazmunli tus oldi.
✨Har bir xodim bugungi shodiyonadan ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar bilan bahramand bo‘ldi.
