Sayt test rejimida ishlamoqda...

Qishloq hududlarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish istiqbollari va aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki

Gender tenglik   2022-10-13   Aziza Mingbaeva

Ayni damlarda Toshkent shahrida 15-oktyabr Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan “Qishloq hududlarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish istiqbollari va aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki” mavzusidagi Forum boshlanish arafasida.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), AQSH Halqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda “O‘zbekiston agrar soha ayollari” uyushmasi.

Respublika miqyosidagi ushbu Forumda hududlardan taklif etilgan agrar sohada faol ishtirok etib kelayotgan 60 nafardan ortiq ayollar qatnashmoqda.