Sayt test rejimida ishlamoqda...

Qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi tumanlarning 2025-2030 yillarga mo’ljallangan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish mavzusida o’quv-seminari

Viloyatlar   2025-05-29   Aziza Mingbaeva

Bugun “Farvilyerloyiha” bo’linmasida, bugungi kunda institutimiz tomonidan ishlab chiqilayotgan yer tuzish loyihalari, shuningdek “qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi tumanlarning 2025-2030 yillarga mo’ljallangan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish” mavzusida o’quv-seminari bo’lib o’tmoqda. 


Seminarda O’zdavyerloyiha DILI instituti Yer tuzish bo'limi boshlig'i Xojiyev Kuchkor Mamadiyorovich, “Farvilyerloyiha” bo’linmasi direktori Quvonchbek Niyozov hamda bo’linma xodimlari ishtirok etmoqdalar. 


Seminarda Kuchkor Mamadiyorovich tomonidan bugungi kunda yer tuzish va qishloq xo’jaligi yerlariga oid qonunchilikdagi yangiliklar va o’zgarishlar, chiqarilayotgan qonun va qonunosti xujjatlarining mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berib o’tilmoqda. Bundan tashqari xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish va sohadagi bilimlarni yanada takomillashtirish bo’yicha ham kerakli maslahat berildi.