Sayt test rejimida ishlamoqda...

QISHLOQ XO‘JALIGI EKIN MAYDONLARINING NORMATIV QIYMATINI ANIQLASH

Huquqiy axborot   2022-11-10   Aziza Mingbaeva

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.08.2014 yildagi 235-son qarori

Har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘ini hisoblab chiqish uchun va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda aniqlanadi.

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ yer bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan obyektlar (sug‘orish va kollektor-drenaj tarmog‘i, yo‘llar) qiymati kiritilmaydi.

«O‘zdavyerloyiha» davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy bo‘linmalari tomonidan maʼmuriy tuman (shahar)ning har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari normativ qiymatini aniqlash natijalari bo‘yicha hisobot tuzadi.