Sayt test rejimida ishlamoqda...

Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan Gender strategiyasini amalga oshirish doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik memorandumlari imzolash marosimi

Gender tenglik   2025-06-27   Aziza Mingbaeva

Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan Gender strategiyasini amalga oshirish doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik memorandumlari imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo'jaligi vazirligi, FAO hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi o'rtasida tuzilgan ushbu shartnoma strategiyaning barqaror amalga oshirilishida muhim bosqich hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligida gender tengligini ta'minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda 2025-2030-yillarga mo'ljallangan Gender strategiyasini ishlab chiqishda qo'shgan munosib hissasi, tashabbuskorligi hamda faol ishtiroki uchun” "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktorining Gender tenglik masalalari bo'yicha maslahatchisi Maxfuza Abdullayeva vazirlik tomonidan e’tirof etildi. Marosim gender tengligiga sodiqlik va amaliy natijalarni rag‘batlantirishning yorqin namunasiga aylandi.