Sayt test rejimida ishlamoqda...

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni

Tadbirlar   2022-12-11   Aziza Mingbaeva

Yer va suv resurslari samaradorligini oshirish masalalariga bagishlangan Ikkinchi panel sessiyada Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Maqsud Ro‘zmetov ishtirok etmoqda. Shuningdek, davra suhbatida O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri orinbosari Rustam Qarshiyev, “Debyut” ishlab chiqarish korxonasi direktori Baxtiyor Shakirov, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G‘olibjon Qurbonov, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti direktori Ruhiddin To‘rayev o‘z nutqlari bilan qatnashmoqdalar.

“Hukumatinimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fermerlar va klasterlarning daromadlarini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Buning samarasi qishloq xo‘jaligi mavsumi sarhisob qilinayotgan shu kunlarda joriy yilda qo‘lga kiritilgan yutuqlarimiz va erishilgan marralarimizda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Respublikada suv tanqisligini oldini olish va mavjud suvlardan samarali foydalanish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda”, – dedi o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Maqsud Ro‘zmetov.