“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti "Toshvilyerloyiha" bo'linmasi direktori, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Akramov Islam Luqmanovich tomonidan "Qishloq xo‘jaligi yerlari monitoringini raqamli texnologiyalar asosida yuritishning takomillashgan uslubi " uslubiy tavsiyanomasi nashr etilgan.
Uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmoni bilan belgilangan “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish» nomli konsepsiyasi va 2019-yil 23-oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5853-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-5006-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi “Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan.
