Sayt test rejimida ishlamoqda...

Qishloq xo‘jaligi yerlarini shamol eroziyasidan himoya qilishda yer tuzishni loyihalash

Ilmiy ishlar   2026-02-16   Aziza Mingbaeva

 “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktor o'rinbosari, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim Bekzod Nizamovich Inamov va institut mutaxassisi Shaxnoza Alimaxamatova tomonidan "Qishloq xo‘jaligi yerlarini shamol eroziyasidan himoya qilishda yer tuzishni loyihalash" uslubiy tavsiyanomasi nashr etilgan. 


Uslubiy tavsiyanoma shamol ta’sirida degradatsiyaga uchrayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarini shamol eroziyasidan muhofaza qilish usulini takomillashtirish orqali yerlardan samarali foydalanishni tashkil etishga bag‘ishlangan. 


Mazkur ilmiy-uslubiy tavsiyanomadan yer tuzish bo‘yicha loyiha tashkilotlari, sohaga oid oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, magistrantlar, doktorantlar, qishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlari yerdan foydalanuvchilari foydalanishlari ko‘zda tutilgan.