Sayt test rejimida ishlamoqda...

Qishloq xo‘jaligida yer boshqaruvini yaxshilashda uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan foydalanish bo‘yicha o‘quv treningi

Xalqaro hamkorlik   2022-10-18   Aziza Mingbaeva

Koreya Respublikasining LX korporasiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari xodimlari uchun qishloq xo‘jaligida yer boshqaruvini yaxshilashda uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan foydalanish bo‘yicha 2022 yil 14-19 oktabr kunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligida o‘quv treningi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur treningda «O‘zdavyerloyiha» Davlat ilmiy loyihalash institutining 10 nafar mutaxassislari ishtirok etishdi.

Trening tinglovchilari uchun Koreyada qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqarish va o‘simliklar monitoringi, dron materiallari bilan ishlash, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda o‘simliklarni tasniflash va maydonlarni baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

«O‘zdavyerloyiha» Davlat ilmiy loyihalash institutining 10 nafar mutaxassislari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. 

Mirzayev Abdusattorxo‘ja

Nazarov Zavqiy

Qobulov Bekzod

Xolmatjonov Shaxbozbek

Bag‘bekov Xasanboy

Musurmanqulov Zuxiriddin

Qurbonov Alisherxo‘ja

Achilov Javoxirbek

Mardiyev Nurqobil

Ravilov Mirjalol