Sayt test rejimida ishlamoqda...

Qishloq xo‘jalik ekinlari monitoringini tashkil etish

Ilmiy ishlar   2026-02-04   Aziza Mingbaeva

“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti bo'lim boshlig'i, qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim Abdullayeva Maxfuza Tulqinovna tomonidan "Qishloq xo‘jalik ekinlari monitoringini tashkil etish" monografiyasi. 


Kitobda qishloq xo‘jalik ekin turlari monitoringini miqdoriy va sifat jihatdan yuritish usullari isbotlanganligi, takroriy, oraliq va to‘qsonbosti ekinlari monitoringini yuritish tartibi sxemasi taklif etilganligi, ilk bor, sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari sharoitida g‘o‘za va boshoqli don ekinlarini Sentinel 2 sun’iy yo‘ldoshidan olingan kosmik suratlari yordamida monitoring yuritishning maqbul muddatlari asoslab berilganligi, qishloq xo‘jaligi ekin yerlari va ekin turlari monitoringini yuritish orqali ulardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. 


Monografiya qishloq xo‘jaligi, yer tuzish, kadastr va yer monitoringi, tuproqshunoslik, melioratsiya sohalari mutaxassislari hamda, Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr, magistr hamda ilmiy izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan.