Sayt test rejimida ishlamoqda...

Raqamli texnologiyalar asosida sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish

Ilmiy ishlar   2026-02-02   Aziza Mingbaeva

“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori, texnika fanlari doktori,professor Ruhiddin Amirqulovich Turayev hamda bosh direktor o'rinbosari, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim Bekzod Nizamovich Inamov tomonidan "Raqamli texnologiyalar asosida sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish" uslubiy tavsiyanomasi nashr etildi. 


Ilmiy-uslubiy tavsiyanomadan yer tuzish bo‘yicha loyiha tashkilotlari, sohaga oid oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, magistrantlar, doktorantlar, qishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlari yerdan foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.