Sayt test rejimida ishlamoqda...

Rossiyaning “A.A.Yejevskiy nomidagi Irkutsk davlat agrar universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi vakillari bilan uchrashuv

Xalqaro hamkorlik   2024-05-27   Aziza Mingbaeva

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 111-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-mart kunidagi 74-son buyrug‘ining 5-bandiga muvofiq, qishloq xo‘jaligi yerlaridan, shu jumladan, sug‘oriladigan yerlardan istiqbolda foydalanish va ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish Respublikamizda ilk bor amalga oshirilayotganligini sababli xorijiy tajribani o‘rganish, chuqurlashtirilgan o‘quv kurslarida bilim va ko‘nikmalarni oshirish belgilangan.


Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni sifatli tashkil qilish, o‘zaro tajriba almashish hamda yangi yo‘nalishning metodik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida, Rossiyaning “A.A.Yejevskiy nomidagi Irkutsk davlat agrar universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining “Yer tuzish, kadastr va qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi” kafedrasi dotsentlari - Xubit Ivanovich Yundunov va Natalya Valeriyevna Eltoshkina “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori Ruhiddin Turayev bilan uchrashuvda institut faoliyati hamda hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.