Sayt test rejimida ishlamoqda...

Sog‘lom hayot – yoshlar tanlovi: Biz giyohvandlikka qarshimiz!

Huquqiy axborot   2026-03-25   Aziza Mingbaeva

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va korrupsiyaga qarshi kurashish g‘oyalarini keng yoyish maqsadida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida targ'ibot ishlari olib borilmoqda.


Taqiqlangan ekinlarni, ya'ni ko'knor yoki moyli ko'knor, kannabis o'simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo'lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi: (https://lex.uz/docs/111453#268552)


➖BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima; 

➖360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

➖3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

➖1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash; 

➖3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.


 (https://lex.uz/docs/111453#268552)‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...