#O_zdavyerloyiha_DILI
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Yer resurslari va kadastr fakulteti
3 va 4-kurs talabalari uchun
“O‘zdavyerloyiha-DILI” nomli stipendiyasi ta’sis etildi.
Jami 10 nafar fakultet talabalari mazkur stipendiyani 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab tanlov asosida olishlari mumkin bo‘ladi.
Stipendiyalarni tayinlash o‘quv yili natijalariga ko‘ra, nomzodning o‘quv fanlarini o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari, ilmiy-tadqiqot, ilmiy to‘garaklar, respublika va xalqaro tanlovlarda ishtiroki hamda tashkilotchilik faoliyatini hisobga olgan holda har bir o‘quv yili yakuni natijalari bo‘yicha aniqlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 99 982 91 39 raqami orqali
yoki universitetning 5-bino 205-xonasidan olishingiz mumkin
