Sayt test rejimida ishlamoqda...

Xalqaro innovatsion markaziga tashrif

Viloyatlar   2025-05-06   Aziza Mingbaeva

Joriy yilning 6 may sanasida O'zdavyerloyiha instituti xodimlari Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazida bo‘lib, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar borishi bilan tanishdi.


Xalqaro innovatsion markaz Orol dengizining qurib qolgan tubidagi sho‘ralagan tuproqli yerlarda ekotizimni va barqaror tirik hayotni rivojlantirish, sho‘rlagan tuproqli muhitda turli muammolarni hal etish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, innovatsion texnologiyalar va yondashuvlarni, jumladan, agroo‘rmon melioratsiyasi, sahroni daraxtzorga aylantirish, suv osti ekinlari, bioenergetika, ekinlar diversifikatsiyasi, ekinlar kompleksini yetishtirish, chorvachilik, yaylovlarni rivojlantirish, qurg‘oqchilikni boshqarish va uning oqibatlarini yumshatish, Orol qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orol dengizi havzasining ekologik sog‘lomlashtirish sohasida davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi.