Sayt test rejimida ishlamoqda...

Xitoy Xalq Respublikasi Geografiya fanlari va tabiiy resurslar tadqiqot instituti professori Li Fadong boshchiligidagi delegatsiya tashrifi

Xalqaro hamkorlik   2025-09-09   Aziza Mingbaeva

9-sentabr kuni "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutiga Xitoy Xalq Respublikasi Geografiya fanlari va tabiiy resurslar tadqiqot instituti professori Li Fadong boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

“O‘zdavyerloyiha” institutida bo'lib o'tgan uchrashuvda qishloq xo‘jaligi yerlarini raqamlashtirish, maqsadli va samarali foydalanish, yer resurslarini boshqarish hamda ilmiy faoliyat bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Muhokamadan so'ng delegatsiya a'zolari institut faoliyati bilan tanishib chiqishdi.