Sayt test rejimida ishlamoqda...

XORAZM VILOYATIDA E-AUKSION ORQALI IJARAGA BERILGAN QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARI O‘Z EGALARIGA TOPSHIRILDI

Xorazm   2022-03-28   Aziza Mingbaeva

Urganch tumani Chotko‘pir hududida Qishloq xo‘jaligi vazirligining joylarda o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruhi vakillari, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hamda “O‘zdaverloyiha” DILI bo‘linmasi mutasaddilari tomonidan dehqon xo‘jaligi faoliyati uchun yer maydonlarini yutgan fuqarolari uchun seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda O‘zR Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi PQ-20-son qarori bilan belgilangan zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini ishsizlar, ehtiyojmand oilalar va yoshlarga 0,10 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ochiq elektron tanlov orqali ajratish vazifasining bajarilishi muhokama etildi.

Seminar davomida qishloq xo‘jaligi yerlarida dehqon xo‘jaligi faoliyatini olib borish uchun onlayn tanlov orqali yutib olgan 36 nafar fuqarolarga 12 sotixdan yer maydonlari bo‘lib berildi.