Sayt test rejimida ishlamoqda...

Xotin-qizlar forumi o‘z ishini boshladi

Gender tenglik   2024-03-02   Aziza Mingbaeva

Buxoro shahridagi “Sahid Zarafshon” mehmonxonasida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tizimidagi olima xotin-qizlarning “Davlat idoralarida olima ayollarning mas’uliyati va jamiyatdagi o‘rni” mavzusidagi forum o‘z ishini boshladi.

Forumni kirish so‘zi bilan ochib bergan “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori Ruhiddin To‘rayev bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan olima ayollar sohada o‘z ilmiy ishlanmalari, tashabbuslari bilan faoliyat ko‘rsatib kelayotgani, ular uchun yurtimizda yaratib berilgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasi boshlig‘i Firuza Xodjayeva so‘zga chiqib, bugun xotin-qizlarimiz har bir sohada faolligi, rahbarlik va liderlik salohiyati bilan o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelayotganini qayd etdi.

Shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta’lim dargohlari, ilmiy tadqiqot institutlarida mehnat qilayotgan olima ayollarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar har qachongidan ham ko‘proq, ularga ko‘rsatilayotgan hurmat va ehtiromni ham bugun biz ayollarga yaratilgan e'tibor va hurmatning yana bir ko'rinishi dedi, F.Xodjayeva.