Sayt test rejimida ishlamoqda...

Yashil energetika O'zdavyerloyiha institutida

Yangiliklar   2024-05-07   Aziza Mingbaeva

#O_zdavyerloyiha_DILI #Yashil_energetika #Quyosh_panellari


Bugungi kunda butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham “Yashil energetika”ga katta ahamiyat qaratilmoqda. Aytish joizki Yashil ushbu yo'nalish Yashil iqtisodiyotning asosiy yo'nalishlaridan biridir. 


"2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabr sanasidagi 436-son qaroriga asosan 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko'rsatkichlarda Quyosh panellari samarasi ko'rsatib o'tilgan. 


"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan yashil energiya sohasi rivojiga o'z hissasini qo'shmoqda. Institut markaziy apparati hamda barcha hududiy bo'linmalarida quyosh panellari o'rnatilib, hozirgi kunda 25 % gacha samara bermoqda. Shu bilan bir qatorda institut qariyb 30% gacha xodimlarining xonadonlariga ham quyosh panellarini o'rnatgan.


🔌2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasiga asosan 2030-yilga qadar Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini 100% gacha zamonaviy elektr ta'minotidan foydalanish imkoniyatini ta'minlash belgilab qo'yilgan.