Sayt test rejimida ishlamoqda...

YER TUZISH ILMINING XALQARO DARAJADAGI E’TIROFI: ILMIY MAQOLA FRONTIERS JURNALIDA CHOP ETILDI

Ilmiy ishlar   2026-04-02   Aziza Mingbaeva

“O'zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Bosh direktori t.f.d., professor Turayev Ruhiddin Amirkulovich hamda institut yosh olimlari tomonidan yer tuzish sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari Scopus halqaro bazasiga kiritilgan nufuzli - Frontiers in Sustainable Food Systems Q1 darajadagi xalqaro ilmiy jurnalda chop etildi.

Mazkur nashr uch bosqichli taqrizdan o‘tgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan. Tadqiqot doirasida zamonaviy raqamli texnologiyalar, masofadan zondlash, GAT texnologiyalari va tahliliy usullar integratsiyasi asosida ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.

Ushbu natija Institut ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini hamda xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan samarali integratsiyasini namoyon etgan holda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ilm-fanining global maydondagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ma'lumot o'rnida Frontiers — dunyodagi eng yirik va nufuzli ilmiy nashriyotlardan biri bo‘lib, unda sifat sertifikatiga ega ilmiy maqolalar chop etiladi.


Batafsil: https://www.frontiersin.org/journals/sustainable-food-systems/articles/10.3389/fsufs.2026.1801507/full