Sayt test rejimida ishlamoqda...

YERLAR DEGRADASIYASI JARAYONLARI BILAN KURASHISH MASALALARI

Huquqiy axborot   2022-09-22   Aziza Mingbaeva

“Yerlar degradasiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (https://lex.uz/uz/docs/-6058690)gi Prezident qarori (PQ–277-son, 10.06.2022 y.) 

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi "O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutiga yerlar degradasiyasiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. 

"O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti jumladan:

yer degradasiyasi bo‘yicha yagona elektron bazani yaratish;

yer tuzish va geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish;

yerlarni xatlovdan o‘tkazish, aerokosmik tasvirga olish, topografik-geodezik, kartografik materiallarni ishlab chiqish;

yerlar monitoringini yuritish, masofadan zondlash va dronlarni qo‘llash orqali geoaxborot tizimini yangilab borish;

yer degradasiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish ishlarini olib boradi.