“Yerlar degradasiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (https://lex.uz/uz/docs/-6058690)gi Prezident qarori (PQ–277-son, 10.06.2022 y.)
Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi "O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutiga yerlar degradasiyasiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.
"O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti jumladan:
yer degradasiyasi bo‘yicha yagona elektron bazani yaratish;
yer tuzish va geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish;
yerlarni xatlovdan o‘tkazish, aerokosmik tasvirga olish, topografik-geodezik, kartografik materiallarni ishlab chiqish;
yerlar monitoringini yuritish, masofadan zondlash va dronlarni qo‘llash orqali geoaxborot tizimini yangilab borish;
yer degradasiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish ishlarini olib boradi.
