Sayt test rejimida ishlamoqda...

“YERLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASHISHNING INTENSIV VA INNOVATSION YECHIMLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya axborot xati

Yangiliklar   2024-04-09   Aziza Mingbaeva

2024-yil 19-aprel kuni “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

         Xalqaro anjuman quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ishini olib boradi:

·       Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi;

Konferensiya rasmiy tili: o‘zbek, rus, ingliz

Maqolalarni qabul qilish muddati: 15.04.2024-yilgacha

Maqolalarni rasmiylashtirish talablari:

         Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

1. O‘zbek tilidagi maqolalar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida, rus tilidagi maqolalar krill alifbosida, ingliz tilidagi maqolalar ingliz alifbosida yozilishi va taqdim etilishi lozim.

2. Taqdim etilayotgan ilmiy maqola muallifi yoki mualliflari

(5 kishidan oshmasligi lozim) o‘zlarining ismi, familyasi, otasining ismi, ish yoki o‘qish joyi, lavozimi, elektron pochta manzili haqidagi ma’lumotlarni (hamda mavjud bo‘lsa ORCID identifikatorini) taqdim etishlari shart.

3. Maqola xalqaro andozalarga muvofiq quyidagi talablarga javob berishi lozim:         

         - maqola mavzusi;

         - maqola muallif(lar)i to‘g‘risida ma’lumot;  

         - maqola annotatsiyasi;

         - kalit so‘zlar;

         - kirish;

         - mavzuga oid adabiyotlar tahlili;

         - tadqiqot metodologiyasi;

         - tahlil va natijalar;

         - xulosa va takliflar;

         - foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Maqola quyidagi talablar asosida rasmiylashtiriladi:   

 A4 formatda:

Matn Microsoft Word – 2003;

Maqola matni chap tomondan – 3 sm, o‘ng tomondan – 1,5 sm, yuqori va past tomonlardan – 2 sm qoldiriladi;

Shrift – Times New Roman;

Maqola matni shriftining kattaligi – 14;

Qatorlar oralig‘i (interval) – 1,5;

Xat boshi (abzas) – 1,25.

Maqolaning mavzusi (nomi) o‘zbek, rus, ingliz tillarida (Shriftning kattaligi – 14) – bosma harflarda maqolaning yuqori qismiga qo‘yiladi.

 · Mavzudan keyin muallif yoki mualliflarning ismi, familyasi, otasining ismi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, (mavjud bo‘lsa ORCID identifikatori), ish yoki o‘qish joyi, lavozimi, elektron pochta manzili haqidagi ma’lumotlar kichik harflarda, o‘zbek, rus, ingliz tillarida, kursiv (Shriftning kattaligi – 14. Qatorlar oralig‘i (interval) – 1) bilan yoziladi.

Qisqacha annotatsiya o‘zbek, rus, ingliz tillarida (Shriftning kattaligi – 12. Qatorlar oralig‘i (interval) – 1) yozilishi lozim. So‘zlar soni 60-80 tani tashkil etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Kalit so‘zlar – (6 – 10 tadan kam bo‘lmagan) uch tilda o‘zbek, rus, ingliz tillarida beriladi.

Maqola mavzusiga mos UO‘K indeksi birinchi sahifaning chap burchagiga qo‘yiladi.

Matndagi havolalar quyidagi tartibda shakllantiriladi; [1] yoki [2, C.170] yoki [3, C.132, 185, 193].

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida (Times New Roman; 12 shrift; 1.0 interval) ko‘rsatilishi lozim.

  Tayyor maqolaning hajmi 3 betdan kam bo‘lmasligi va 5-7 betgacha bo‘lishi, mualliflar soni 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.

 Maqolalar anjuman yo‘nalishiga oid dolzarb mavzularda, muallif(lar)ning shaxsiy izlanishlari natijalari asoslangan bo‘lishi, matn originalligi -65%dan kam bo‘lmasligi lozim.

 Maqolaning mazmuniga ko‘ra va ko‘rsatilgan manbalarning to‘g‘riligiga muallif mas’uldir.

Taqdim etilgan maqolalar tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi va yuqorida qayd etilgan talablarga mos kelganlari tanlab olinadi.

Tanlab olingan maqolalar to‘plam sifatida chop etiladi. Chop etilgan maqolalar uchun mualliflardan to‘lov undirilmaydi.

Chop etilgan to‘plam maqola mualliflarga elektron tarzda yuboriladi.

Maqolalarni 2024-yil 15-aprel sanasiga qadar +998974405854 telefon raqamiga @RSharopov199326 (https://t.me/RSharopov199326) telegram messenjeri orqali elektron ko‘rinishda taqdim etishlari lozim.

Murojaat uchun tashkiliy qo‘mita manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, “Feruza” mavze, 158-b uy.