Sayt test rejimida ishlamoqda...

Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurishishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Huquqiy axborot   2022-06-17   Aziza Mingbaeva

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurishishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini tashkil etish, g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarni fermer a’zolari, otaliqqa olingan, shuningdek, PQ-20 sonli qaror bo‘yicha auksionda yer ololmagan fuqarolarga hamda fermer xo‘jaligi o‘z ehtiyoji uchun ajratib berishga bag‘ishlangan viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Maqsud Ro‘zmetov, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Bosh direktori Ruhiddin Turayev va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuxrat Bobomurodovlar soha vakillariga mavzu yuzasidan keng ma’lumotlar berildi.

Seminar davomida degradatsiyaga qarshi kurashish, hosildor yerlar sifatini oshirish va albatta kelajak avlodga unumdorligi yuqori bo’lgan yerlarni qoldirish va bu uchun bugundan qayg‘urish lozimligi takidlab o‘tildi.