Sayt test rejimida ishlamoqda...

YOSHLARGA DEHQON XO'JALIGI FAOLIYATINI YURITISH UCHUN "O'ZDAVYERLOYIHA" INSTITUTI TOMONIDAN RESPUBLIKA BO'YICHA 170 016 TA LOT TAYYORLANDI

Yangiliklar   2024-05-08   Aziza Mingbaeva

YOSHLARGA DEHQON XO'JALIGI FAOLIYATINI YURITISH UCHUN "O'ZDAVYERLOYIHA" INSTITUTI TOMONIDAN RESPUBLIKA BO'YICHA 170 016 TA LOT TAYYORLANDI


Xabaringiz bor joriy yilning 5-aprel sanasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 153-son qarori qabul qilingan edi.


Qarorga ko'ra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo'yilib, dehqon xo'jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo'lgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:


60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar (talabgorlar) o'rtasida o'tkaziladi. 


Joriy yilning 7-may holatiga ko'ra "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan Yoshlar uchun Respublika kesimida jami 61 465,3 gektar yer maydoni 170 016 ta lotga ajratilgan bo'lib, shulardan umumiy 28 391,15 ming gektar yer maydonida 91 822 ta lot g'oliblari aniqlangan.