Sayt test rejimida ishlamoqda...

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI SUV OBYEKTLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISH VA SANITARIYA-MUHOFAZA ZONALARINI BELGILASH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

Viloyatlar   2022-10-03   Aziza Mingbaeva

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI SUV OBYEKTLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISH VA SANITARIYA-MUHOFAZA ZONALARINI BELGILASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.12.2019 yildagi 981-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizomnining

 2-bob. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini tashkil qilish

Loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti (keyingi o‘rinlarda “O‘zdaverloyiha” loyihalash instituti deb ataladi) tomonidan, zaruratga ko‘ra, boshqa loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda ishlab chiqiladi.

 “O‘zdaverloyiha” loyihalash institutini shartnoma asosida jalb qilgan holda suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash bo‘yicha loyihani belgilangan tartibda ishlab chiqish tashkil etiladi;

 O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti:

suv xo‘jaligi, xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimining rivojlanishini hisobga olgan holda, ulardan foydalanish bo‘yicha amaldagi normativlarga, atrof-muhit muhofazasi hamda yer tuzishning hududiy sxemalari va kompleks dasturlariga, tegishli joyning shaharsozlik bosh rejasi, shuningdek, mazkur nizomga amal qiladi;

suv inshootlari joylashgan yerlarning hamda yer osti suvlari sathi tushgan va ko‘tarilgan zona doirasidagi tutashib ketgan hududning zoogeografik, ov qilish xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, geobotanik, tuproq, o‘rmon xo‘jaligi, gidrogeologik xususiyatini o‘rganadi;

xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti manbai akvatoriyasining ixtiologik, baliq xo‘jaligi, gidrogeologik, gidrobiologik, gidrokimyoviy xususiyatini o‘rganadi (suv olish inshooti stvoridan 2 kilometr yuqori va 2 kilometr quyi zona hajmida);

sanitariya-epidemiologik vaziyat, shuningdek, flora va faunaning alohida muhofaza etiladigan turlari, suv inshootlari ta’siri zonasida joylashgan tabiat yodgorliklari, qo‘riqxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi va o‘rganadi;

suvning ifloslanishi va bulg‘anishining oldini olish, unumdor yer maydonlarini va hududning mavjud tuzilishini eng ko‘p darajada saqlab qolish, yemirilish jarayonlarini, erning botqoqlanishini va boshqa zararli ta’sirlarni to‘xtatish hisobga olingan holda, suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash hamda amaldagi norma hamda qoidalarni qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganadi va tekshiradi;

suvning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi inshootlar ro‘yxatini aniqlaydi;

suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari, shuningdek, sohil bo‘yi va sanitariya-himoya mintaqalarining chegaralarini rejali-kartografiya asosga tushiradi hamda uchastka va er-suvning tartibi hisobga olingan holda umumiy maydonni aniqlaydi. Rejali-kartografiya asosida suvni muhofaza qilish zonasi va unga tutashib ketgan uchastka chegarasida oldin turli ehtiyojlar uchun ajratilgan barcha uchastkalar chegarasi ko‘rsatiladi;

suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarining o‘lchamlarini asoslovchi, inshootning atrof-muhitiga ta’siri darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tayyorlaydi;

inshootlarni qurish, suvning holatiga, hududning obodonchiligiga va boshqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar, binolar va inshootlarni yopish yoki buzib tashlash yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.

Hozirgi kunda Surxondaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan viloyat kesimida kanal va zorvurlarning muhofaza zonasini belgilash bo‘yicha 417,77 km masofada ya’ni:

Angor tumani- 74,8 km

Muzrabot tumani- 71,3 km

Sariosiyo tumani- 69,8 km

Sherobod tumani- 201,87 km masofada kanal va zorvurlarning muhofaza zonasini belgilab berilgan tashkil qiladi.