Sayt test rejimida ishlamoqda...

“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida maqolalar tanlovi

Yangiliklar   2024-10-31   Aziza Mingbaeva

“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusidagi tanlovida maqola chop etish uchun talablar

Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

1. Taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi tanlov mavzusiga mos kelishi shart.

2. O‘zbek tilidagi maqolalar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida, rus tilidagi maqolalar krill alifbosida, ingliz tilidagi maqolalar ingliz alifbosida yozilishi va taqdim etilishi lozim.

3. Taqdim etilayotgan ilmiy maqola muallifi o‘zining fotosurati, ismi, familiyasi, otasining ismi, ish joyi yoki o‘qish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, telefon raqami haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishingiz shart.

4. Maqola talablari:

-        maqola mavzusi;

-        qisqacha annotatsiya;

-        kalit so‘zlar;

-        kirish;

-        mavzuga oid adabiyotlar tahlili;

-        mavzuning dolzarbligi, tahlil va natijalar;

-        xulosa va takliflar;

-        foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Maqola: Wicrosoft Word shaklida; shrifti – Times New Roman;

Shrift kattaligi –14; qatorlar orasi (interval) – 1,5; xat boshi (abzas) – 1,25.

 

Tayyorlangan maqolalarni telegram orqali +998946144449 (https://t.me/Zafartojiyev4) telefon raqamiga taqdim etishingiz so‘raladi.