Sayt test rejimida ishlamoqda...

Qishloq xo‘jaligida yer resurslarini barqaror boshqarishda axborot tizimlarining o‘rni

Tadbirlar   2026-04-29   Aziza Mingbaeva

BMT bosh assambleyasining 2009-yil 22-apreldagi 63-sessiyasida “Xalqaro yer kuni” ta’sis etilgan bo‘lib, ushbu kun 2010-yildan buyon har yilning 22 aprel sanasida butun dunyo miqyosida olimlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida keng nishonlanib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qarorining 9-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-fevraldagi 37-son buyrug‘ini ijrosini ta’inlash maqsadida joriy yil 22-aprel kuni FAO bilan hamkorlikda “Qishloq xo‘jaligida yer resurslarini barqaror boshqarishda axborot tizimlarining o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Institutning 65 yilligi munosabati bilan Narimon Nishonov tomonidan FAO tashkilotining rasmiy tabriknomasi hamda esdalik sovg'asi institut Bosh direktori Ruhiddin Turayevga tantanali ravishda topshirish marosimi bo'lib o'tdi.


Eslatib o'tamiz, "O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti hamda FAO tashkiloti «O‘zbekistonda qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlardagi o‘rmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish» loyihasi doirasida Navoiy viloyatining Nurota tumani va Buxoro viloyatining Jondor tumanida yerlarni inventarizatsiya qilish, geobotanik tarkibini baholash va manfaatdor taraflar ishtirokida yerlardan foydalanish rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik davom yetayapti. Hozirgi kunda, FAOda institut bilan hamkorlikni yangi istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar davom etmoqda.