Sayt test rejimida ishlamoqda...

Doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD) 2027-yil uchun 06.01.10 – “Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” ixtisosligi boʻyicha tanlov eʼlon qiladi

Yangiliklar   2026-09-07   Aziza Mingbaeva

“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutida 2027-yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat topshirgan talabgorlar uchun ilmiy tadqiqot ishi taqdimotiga qo‘yiladigan talablar

I.   Tayanch doktorantura (PhD) taqdimoti bo‘yicha

1. Tadqiqot mavzusi va talabgor toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar

ilmiy tashkilotning nomi;

talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi;

taʼlim shakliga qabul - tayanch doktorantura (PhD);

ilmiy ixtisoslikning shifri va nomi;

rejalashtirilayotgan tadqiqot mavzusi.

2. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va oʻrganilganlik darajasi

tadqiqotga asos boʻlayotgan aniq muammo yoki masala;

mavzuning dolzarbligini tasdiqlovchi asosiy dalillar;

mahalliy va xorijiy tadqiqotlarda erishilgan asosiy natijalar;

tadqiqotning yetarlicha oʻrganilmagan yoki hal etilmagan jihatlari;

yangi tadqiqotni amalga oshirish zarurati;

foydalanilgan asosiy manbalarga qisqa havolalar aks ettiriladi.

3. Tadqiqot maqsadi va vazifalari

tadqiqotning aniq va umumlashtiruvchi maqsadi;

maqsadga erishishga qaratilgan asosiy ilmiy vazifalar;

vazifalarning oʻzaro mantiqiy ketma-ketligi;

maqsad va vazifalarning ilmiy muammo bilan bogʻliqligi;

vazifalar orqali erishilishi kutilayotgan natija yoʻnalishi aks ettiriladi.

4. Tadqiqot obyekti, predmeti va qamrovi

tadqiqot obyekti;

tadqiqot predmeti;

obyekt va predmet oʻrtasidagi bogʻliqlik;

ularning tadqiqot maqsadi va vazifalariga muvofiqligi;

tegishli hollarda hududiy, vaqt, maʼlumotlar, tajriba qamrovi aks ettiriladi.

5. Tadqiqot metodologiyasi va usullari

tadqiqotning asosiy metodologik yondashuvi;

qoʻllaniladigan asosiy ilmiy usullar;

usullarning tadqiqot vazifalari bilan bogʻliqligi;

maʼlumotlarni olish, qayta ishlash va tahlil qilish tartibi;

tadqiqot xususiyatidan kelib chiqib maʼlumotlar, materiallar, dasturiy vositalar yoki uskunalar;

usullar orqali kutilayotgan natijalarni olish imkoniyati aks ettiriladi.

6. Tadqiqot gʻoyasi va kutilayotgan ilmiy ahamiyati

tadqiqotning asosiy gʻoyasi;

tadqiqot orqali aniqlanishi, tekshirilishi yoki asoslanishi kutilayotgan masala;

taklif etilayotgan yondashuvning mavjud tadqiqotlardan farq qiluvchi yoki ularni toʻldiruvchi jihati;

kutilayotgan ilmiy natija yoʻnalishi;

tadqiqotning ilmiy ahamiyati;

tegishli hollarda natijalarning amaliy qoʻllanish imkoniyati.

7. Tadqiqotni amalga oshirish bosqichlari va ish rejasi

tadqiqotning asosiy bosqichlari;

har bir bosqichda bajariladigan asosiy ilmiy ishlar;

vazifalarning uch yillik davr boʻyicha taqsimlanishi;

har bir bosqich yakunida kutilayotgan oraliq natijalar;

bosqichlar va oraliq natijalarning oʻzaro mantiqiy bogʻliqligi;

tadqiqot natijalarini umumlashtirish va dissertatsiyani yakunlash;

dissertatsiya bajarilgan muassasada dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazish;

dissertatsiyani himoyaga taqdim etish va Ilmiy kengashda himoya qilish;

tadqiqot va dissertatsiya ishini belgilangan uch yillik muddatda yakunlash imkoniyati yoritiladi.

8. Tadqiqotni amalga oshirish imkoniyati va yakuniy asoslash

tadqiqot uchun asosiy maʼlumotlar, materiallar va tadqiqot bazasi;

tegishli hollarda laboratoriya, uskuna, dasturiy vosita yoki boshqa resurslar;

ulardan foydalanish imkoniyati;

tadqiqotni uch yilda amalga oshirish imkoni mavjudligi;

tadqiqotni amalga oshirishdagi asosiy qiyinchilik yoki cheklovlar;

tadqiqot muammosi, maqsadi, metodologiyasi, gʻoyasi va rejasining umumiy muvofiqligi;

tadqiqotni amalga oshirishning yakuniy ilmiy asosi.

II.Doktorantura (DSc) taqdimoti bo‘yicha

1. Tadqiqot mavzusi va talabgor toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar

ilmiy tashkilotning nomi;

talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi;

taʼlim shakliga qabul - doktorantura (DSc);

ilmiy ixtisoslikning shifri va nomi;

rejalashtirilayotgan dissertatsiya tadqiqoti mavzusi aks ettiriladi.

2. Avvalgi ilmiy natijalar va ularning rejalashtirilayotgan tadqiqot

bilan bogʻliqligi

tayanch doktorantura (PhD) dissertatsiyasi yoki keyingi ilmiy faoliyat doirasida olingan asosiy natijalar;

ushbu natijalar orqali hal etilgan ilmiy masalalar;

natijalarning ilmiy yoki amaliy ahamiyati;

rejalashtirilayotgan doktorantura (DSc) tadqiqotiga bevosita daxldor natijalar;

avvalgi natijalardan yangi tadqiqot muammosiga oʻzviy bogʻliqligi;

doktorantura (DSc) tadqiqotining avvalgi ishlardan farq qiluvchi yangi yoʻnalishi aks ettiriladi.

3. Ilmiy muammoning zamonaviy holati va hal etilmagan jihatlari

tadqiqot yoʻnalishining zamonaviy ilmiy holati;

mahalliy va xorijiy tadqiqotlarning asosiy natijalari;

mavjud nazariya, usul, model, texnologiya yoki boshqa ilmiy yechimlar;

mavjud yechim va yondashuvlarning yetarli boʻlmagan jihatlari;

qoʻshimcha tadqiqot talab etadigan masalalar;

tadqiqot doirasida hal etilishi rejalashtirilayotgan asosiy ilmiy muammo;

foydalanilgan asosiy ilmiy manbalarga havolalar aks ettiriladi.

4. Tadqiqot konsepsiyasi, maqsadi va asosiy vazifalari

hal etilishi rejalashtirilayotgan asosiy ilmiy muammo;

tadqiqotning asosiy konsepsiyasi;

konsepsiyaning mavjud ilmiy holatdan kelib chiqishi;

tadqiqot maqsadi;

maqsadga erishishga qaratilgan asosiy ilmiy vazifalar;

vazifalarning oʻzaro mantiqiy ketma-ketligi;

vazifalar orqali erishilishi kutilayotgan ilmiy natija yoʻnalishlari.

5. Tadqiqot obyekti, predmeti va qamrovi

tadqiqot obyekti;

tadqiqot predmeti;

obyekt va predmetning ilmiy muammo bilan bogʻliqligi;

ularning tadqiqot konsepsiyasi, maqsadi va vazifalariga muvofiqligi;

tadqiqot xususiyatidan kelib chiqib hudud, vaqt, maʼlumotlar, tanlanma, eksperiment yoki boshqa tadqiqot qamrovi aks ettiriladi.

6. Tadqiqot metodologiyasi va usullari

tadqiqotning asosiy metodologik yondashuvi;

qoʻllaniladigan asosiy ilmiy usullar;

har bir usulning tegishli tadqiqot vazifasi bilan bogʻliqligi;

zarur maʼlumot, material yoki eksperiment natijalarini olish tartibi;

maʼlumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va qiyoslash usullari;

usullarning oʻzaro bogʻliqligi va qoʻllash ketma-ketligi;

natijalarning ishonchliligini baholash yoki tekshirish usullari;

tanlangan metodologiyaning kutilayotgan ilmiy natijalarni olish imkoniyati aks ettiriladi.

7. Kutilayotgan ilmiy yangilik

olinishi kutilayotgan asosiy yangi ilmiy natijalar;

ular hal etadigan ilmiy masalalar;

natijalarning mavjud bilim, usul, model, nazariya yoki boshqa yechimlardan farqi;

kutilayotgan yangilikning tadqiqot vazifalari bilan bogʻliqligi;

kutilayotgan natijalarning avvalgi PhD va boshqa tadqiqot natijalaridan farqi;

ilmiy yangilikni olish uchun asos boʻluvchi metodologik yondashuv aks ettiriladi.

8. Kutilayotgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati

kutilayotgan natijalarning ilmiy ahamiyati;

ularning mavjud ilmiy bilim, nazariya, usul yoki yondashuvlarni rivojlantirishdagi oʻrni;

kutilayotgan natijalarning amaliy ahamiyati;

natijalardan foydalanish mumkin boʻlgan soha, jarayon yoki obyekt;

tegishli hollarda natijalarni amaliyotga tatbiq etish yoʻnalishlari;

ilmiy va amaliy ahamiyatning kutilayotgan ilmiy yangilik bilan bogʻliqligi aks ettiriladi.

9. Tadqiqotni amalga oshirish strategiyasi, bosqichlari va yakuniy

asoslash

tadqiqotni amalga oshirishning umumiy ilmiy strategiyasi;

tadqiqotning asosiy bosqichlari;

har bir bosqichda bajariladigan asosiy ilmiy ishlar;

vazifalarning uch yillik davr boʻyicha taqsimlanishi;

har bir bosqich yakunida kutilayotgan oraliq ilmiy natijalar;

kutilayotgan ilmiy yangiliklarning shakllanish bosqichlari;

bosqichlar va natijalarning oʻzaro mantiqiy bogʻliqligi;

natijalarni umumlashtirish va dissertatsiyani yakunlash;

dissertatsiya bajarilgan muassasada dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazish;

dissertatsiyani himoyaga taqdim etish va Ilmiy kengashda himoya qilish;

tadqiqotni belgilangan uch yillik muddatda amalga oshirish imkoniyati;

tadqiqot konsepsiyasi, metodologiyasi, kutilayotgan natijalari va amalga oshirish strategiyasining umumiy muvofiqligi aks ettiriladi.