Sayt test rejimida ishlamoqda...

NAVOIY VILOYATIDA YAYLOVLARDAN SAMARALI FOYDALANISH, CHORVACHILIK SOHASINI YANADA RIVOJLANTIRISH

Tadbirlar   2026-09-08   Aziza Mingbaeva

Konimex tumani hokimligi majlislar zalida Navoiy viloyatida yaylovlardan samarali foydalanish, chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni jadallashtirish va ularni amalga oshirish jarayonidagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov hamda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov rahbarligida o‘tkazildi.


Unda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori Ruhiddin Turayev, tumanlar hokimlari, mutasaddi rahbarlar, tadbirkorlik subyektlari hamda chorvachilik sohasi vakillari ishtirok etdi.


Yig‘ilishda, avvalo, viloyatdagi mavjud yaylov yerlaridan oqilona va samarali foydalanish, chorva mollari bosh soni va mahsuldorligini oshirish, yaylovlarning holatini yaxshilash, sohadagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish masalalari atroflicha muhokama qilindi.


Viloyatning yaylov xududlarida, xususan, Konimex tumanidagi keng yaylov maydonlari va chorvachilik sohasidagi mavjud salohiyatdan samarali foydalanish hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va yangi daromad manbalarini yaratishda muhimligi tabkidlandi va 2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarda yaylovlardan samarali foydalanish, chorvachilikni rivojlantirish imkoniyatlaridan keng foydalanish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.