Sayt test rejimida ishlamoqda...

YER TUZISH ILMINING XALQARO DARAJADAGI E’TIROFI: ILMIY MAQOLA FORUM GEOGRAFI JURNALIDA CHOP ETILDI

Ilmiy ishlar   2026-06-30   Aziza Mingbaeva

“O'zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Bosh direktori t.f.d., professor Turayev Ruhiddin Amirkulovich, institut yosh olimli Sanjarbek Safayev hamda qator olimlar Dilshoda Norboeva, Aziz Inomov, Xojiakbar Xasanov va Jaur Lapasovlar tomonidan yer tuzish sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari bo'yicha "O'zbekistonda CORS tarmog'ini optimallashtirish imkoniyatlari: Bibliometrik tahlilga asoslangan takliflar" mavzusida Scopus xalqaro bazasiga kiritilgan sohaning nufuzli - Forum Geografi Q2 darajadagi xalqaro ilmiy jurnalda chop etildi.


Ushbu natija Institut ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini hamda xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan samarali integratsiyasini namoyon etgan holda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ilm-fanining global maydondagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Ma'lumot o'rnida Q2 darajasidagi maqola sifat sertifikatiga ega ilmiy maqolalar hisoblanadi.


Batafsil: https://journals2.ums.ac.id/fg/article/view/13569